Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Marosim doirasida o‘smirlar milliy jamoasi futbolchilari va bosh murabbiyga davlat mukofotlari hamda avtomobillar topshirildi.
Foto: Bosh vazir matbuot kotibi
Bugun, 21 aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportining uchinchi terminalida Saudiya Arabistonida futbol bo‘yicha o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston U-17 jamoasini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘smirlar milliy jamoasiga yo‘llagan tabriklarini Bosh vazir Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, tantanali marosim doirasida prezidentning farmoniga binoan o‘smirlar milliy jamoasi futbolchilari va bosh murabbiyiga davlat mukofotlari topshirildi. Shuningdek, futbolchilarga Cobalt, bosh murabbiyga esa Equinox mashinalarining kalitlari tantanali taqdim etildi.













Avvalroq jamoa murabbiyi «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni, futbolchilarga esa «Kelajak bunyodkori» medallari bilan taqdirlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, o‘yinni Sport telekanalida sharhlagan sharhlovchilar «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan.
Mavzuga oid
22:55 / 01.12.2025
Superkompyuter O‘zbekistonning JCh-2026 g‘olibi bo‘lish imkoniyatiga baho berdi
19:49 / 30.11.2025
Superligada qolish uchun pley-off o‘yinlarida qatnashadigan jamoalar ma’lum bo‘ldi
11:38 / 12.11.2025
Turkiyada megamojaro: o‘yinlarga pul tikkan mingdan ortiq futbolchi aniqlandi
22:47 / 23.10.2025