Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obektlaridan samarali foydalanish tashkil etiladi
Hukumat qarori bilan «Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obektlarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizom noturar bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obektlarini aniqlash va xatlovdan o‘tkazish, xatlov natijalarini rasmiylashtirish, bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obektlaridan samarali foydalanish mezonlari va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Nizomga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari «Davlat mulki» ATda bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obektlarining hisobini yuritish sohasida quyidagilarni amalga oshiradi:
A) Toifalarga ajratish bo‘yicha:
- bo‘sh turgan;
- me’yorga asosan ortiqcha maydon aniqlangan;
- qurilishi tugallanmagan (1 yildan ortiq muddatda);
B) Samarali foydalanish choralari ko‘rilganligi bo‘yicha:
- rivojlantirish dasturlariga kiritilgan;
- ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan;
- davlat-xususiy sheriklik dasturiga kiritilgan;
- ijaraga berish uchun ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilangan.
Markaz aniqlangan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xatlov yakunlangandan so‘ng 10 kun muddatda o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
Mavzuga oid
12:35 / 04.06.2026
Mobiuz aloqa operatori 351 mln dollarga sotildi
17:27 / 02.06.2026
Farg‘onadagi Uzsungwoo korxonasining 50 foizlik davlat ulushi 585,8 mlrd so‘mga sotildi
11:37 / 28.05.2026
“UzChasys” zavodidagi 70 foizlik davlat ulushi qariyb 333 mlrd so‘mga sotildi
20:45 / 15.05.2026