Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
Uning xaridori obekt negizida zamonaviy mehmonxona qurishi lozim.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri, Shayxontohur tumani hokimligi binosini E-auksion elektron platformaga joylashtirdi. Binoning boshlang‘ich bahosi 101 milliard 652 million so‘m miqdorida belgilangan. Uning maydoni 7382 kv.m.ni tashkil qiladi.
Qayd qilinishicha, xaridor obekt negizida zamonaviy mehmonxona qurishi va sotish narxining dastlabki qismini kamida 50 foiz miqdorida darhol to‘lab berishi lozim.
Binoni sotib olish uchun arizalar 26 may soat 9:00 gacha qabul qilinadi, natijalar 26 may kuni soat 10:00 da e’lon qilinadi. Obekt Shayxontohur tumani hokimligi tomonidan 2025 yil 1 iyulga qadar bo‘shatilgandan so‘ng, xaridor undan foydalanish huquqini qo‘lga kiritadi.
Mavzuga oid
17:14 / 17.07.2026
Chilonzor tumanini elektr uzilishlari qamrab oldi
11:40 / 17.07.2026
Toshkent – Bekobod qatnoviga zamonaviy elektropoyezd chiqariladi
05:32 / 17.07.2026
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
20:43 / 16.07.2026