Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivadagi davlat tashkilotlari shahar chekkasiga ko‘chiriladi
Xiva shahridagi barcha davlat tashkilotlari shahar chekkasidagi Angarik mahallasiga ko‘chiriladi, ma’muriy binolar savdoga chiqariladi. Prezident Xiva shahrida faqat turistlarga xizmat ko‘rsatadigan obektlar bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev 2 may kundagi yig‘ilishda Xiva shahrida faqat turistlarga xizmat ko‘rsatadigan obektlar bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Angarik mahallasidagi bo‘sh maydonda ma’muriy binolar qurilib, Xiva shahridagi barcha davlat tashkilotlari shu yerga ko‘chiriladi.
Mutasaddilarga Urganch, Xivadagi barcha ma’muriy binolarni savdoga chiqarish bo‘yicha katta dastur ishlab chiqish topshirildi.
Xususiylashtirish dasturiga asosan 2025 yilda Xorazmda 41 ta davlat binosi, 350 gektar yer uchastkasi savdoga qo‘yilmoqda.
«Bu xizmat ko‘rsatish, turizm va ishlab chiqarish sohalari uchun katta imkoniyat», — dedi davlat rahbari.
Masalan, Urganch shahridagi o‘rganishlar natijasida 61 ming kvadrat maydoni, 21 gektar yeri bo‘lgan 45 ta davlat binosi aniqlandi. Ular negizida mehmonxona, xizmat ko‘rsatish va savdo markazlari, ko‘ngilochar maskanlar qurib, kamida 500 kishini band qilish mumkinligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
07:54 / 06.05.2026
«Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi Toshkent – Xiva yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshirdi
18:50 / 30.04.2026
Toshkent – Xiva yo‘nalishida «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi qatnovi 3 maydan boshlanadi
21:25 / 18.03.2026
2 maydan Toshkent-Xiva yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi boshlanadi
14:24 / 14.03.2026