Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi
Suv sathining keskin ko‘tarilishi ularning qirg‘oqqa qaytishiga to‘sqinlik qilgan.
Namangan viloyati, Uychi tumani, «Guliston» mahallasi hududida yangi ko‘prik qurilishida ishlayotgan 7 nafar ishchi Norin daryosi suv sathi keskin ko‘tarilgani tufayli orolchada qolib ketdi.
FVV xabariga ko‘ra, 3 may kuni ertalab bu haqda murojaat bo‘lgan. Unda daryo o‘rtasidagi quruqlikda qolib ketgan quruvchilarni qutqarish uchun amaliy yordam so‘ralgan.

Ta’kidlanishicha, FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika yordamida fuqarolarga yordam ko‘rsatgan.
Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.
Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
11:50 / 05.06.2026
Popda cho‘kib ketgan yigit jasadi 8 kunlik qidiruvdan keyin topildi
17:37 / 04.06.2026