Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand va Tel-Aviv o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
Air Samarkand aviakompaniyasi Samarqand va Tel-Aviv yo‘nalishidagi ilk to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini amalga oshirdi.
Shu tariqa, Air Samarkand Isroilga parvozlarni amalga oshirayotgan to‘rtinchi O‘zbekiston aviakompaniyasiga aylandi. Jumladan, ushbu yo‘nalishda Uzbekistan Airways, Qanot Sharq va Centrum Air kompaniyalari o‘z qatnovlarini amalga oshiradi.
Tel-Avivdagi "Ben-Gurion" aeroportida mazkur yo‘nalishda parvoz qilgan yo‘lovchilarni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Air Samarkand aviakompaniyasining Isroildagi vakili va Asia Travel turistik kompaniyasi asoschisi Nissan Mushayev so‘zga chiqdi.
Air Samarkand aviakompaniyasi mazkur yo‘nalishda qatnovlarni dastlabki bosqichda haftada bir marta – har yakshanba kunlari amalga oshiradi. Shu yilning 10 iyul sanasidan boshlab esa har payshanba kuni qo‘shimcha reys yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
18:28 / 28.05.2026
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini Xitoy kompaniyasi quradi. Loyiha qiymati - 2 mlrd 185 mln dollar
17:12 / 27.05.2026
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini qurish tenderida Xitoy kompaniyasi g‘olib bo‘ldi
15:54 / 25.05.2026