Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Pokiston suv oladigan daryolarni ochib yubordi
Kashmir bo‘yicha mojaro avj olgan bir paytda Hindiston daryolar oqimini to‘sib qo‘ygani Islomobodning keskin munosabatiga sabab bo‘lgan edi.
Hindiston 11 may kuni Chenab daryosidagi Salal va Baglihor to‘g‘onlarida shlyuzlarni ochdi, bu 1960 yildagi Hind havzasi suvlarini taqsimlash to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘ra Pokistonga tegishli edi.
Avvalroq, Kashmir bo‘yicha mojaro avj olgan bir paytda Hindiston suvni uzib qo‘ygani Islomobodning keskin munosabatiga sabab bo‘lgan va bu harakatni tajovuzkorlik harakati sifatida qabul qilish mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Keskinlashuv 22 aprel kuni Jammu va Kashmirda 26 kishi halok bo‘lgan teraktdan keyin boshlandi. Bunga javoban Hindiston «Sindur» operatsiyasini, Pokiston esa «Bunyan-ul-Marsus» harbiy operatsiyasini boshladi.
10 may kuni tomonlar o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi va mintaqada keskinlik saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, har ikki tomon sulhga rioya qilish niyatini tasdiqladi.
Hindiston harbiy-havo kuchlari 12 mayga o‘tar kechasi hech qanday hodisa qayd etilmagan holda tinch o‘tganini ma’lum qildi. Vaziyat barqarorlashgani sari Hindiston mamlakat shimoli va g‘arbida yopilgan 32 ta aeroportni ochdi va 25 ta havo yo‘nalishini tikladi.
Shuningdek, Pokiston ham o‘z havo hududini samolyotlar parvozi uchun ochdi.
Mavzuga oid
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026