Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonda TIV rahbarlari darajasida Ukraina bo‘yicha uchrashuv o‘tkaziladi
Devid Lemmi 12 may kuni Fransiya, Italiya, Germaniya, Ispaniya, Polsha va Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashib, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qiladi, deb xabar bermoqda Reuters.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi 12 may, dushanba kuni Fransiya, Italiya, Germaniya, Ispaniya, Polsha va Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashib, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qiladi. Bu haqda dushanba kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Muzokaralar 19 may kuni bosh vazir Kir Starmerning YeI yetakchilari bilan sammiti oldidan bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Reuters.
«Bugun biz duch kelayotgan qiyinchilik nafaqat Ukraina kelajagi, balki butun Yevropa uchun ekzistensialdir», dedi Lemmi.
Britaniya vaziri Rossiyaning Ukrainadagi urushini qo‘llab-quvvatlovchilarga qarshi keyingi sanksiyalarni e’lon qilishni rejalashtirmoqda, deya qo‘shimcha qildi London.
Devid Lemmi, shuningdek, Britaniyaning Yevropa xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan chaqiriqlarini ta’kidlamoqchi, deyiladi tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Mavzuga oid
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
18:22 / 26.06.2026