Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik jangarilar Suriyada Rossiya harbiy bazasiga hujum qildi – OAV
Otishmada uch nafar o‘zbekistonlik o‘ldirilgani, bir nafari qochib ketgani aytilmoqda.
Rossiya harbiylari Suriyadagi aviabazada to‘rt nafar xudkush-terrorchining hujumini qaytardi. Bu haqda otishma lahzasi aks etgan videoni e’lon qilgan Mash xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hujum 20 may kuni erta tongda Xmeymim harbiy aviabazasi yaqinida sodir bo‘lgan. Jangarilar xavfsizlik postlari orqali harbiy obektga bostirib kirishga uringan, biroq rossiyaliklar ularga qarshilik qilgan.
Otishma oqibatida uch nafar jangari yo‘q qilingan, yana biri qochib ketgan. Unga tankka qarshi granata otish moslamasi (RPG) bilan zarba berilgan, ammo uning muvaffaqiyatli bo‘lgan-bo‘lmagani hozircha noma’lum.
Qayd qilinishicha, jangarilarning shaxsi allaqachon aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning barchasi O‘zbekistondan kelgan va Suriyaning yangi hukumatini tan olmaydi.
Xmeymim havo bazasi Rossiya tomonidan foydalaniladigan Suriya havo bazasi va Rossiya harbiy kontingentining mamlakatdagi asosiy bazasi bo‘lib, u yerda Rossiya Aerokosmik kuchlarining aviatsiya guruhi joylashgan. Bazaning huquqiy maqomi Rossiya va Suriya o‘rtasida 2015 yil avgustida imzolangan kelishuv bilan tartibga solinadi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026