Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh 65 yildan so‘ng yana hokkey bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Amerikaliklar finalda Shveytsariyani mag‘lub etdi.
AQSh hokkey milliy jamoasi 1960 yildan beri birinchi marta va tarixda uchinchi marta jahon chempioni bo‘ldi.
Musobaqa Shvetsiya va Daniya arenalarida o‘tkazildi. Finalda AQSh milliy jamoasi Shveytsariya bilan bahslashib, Teyj Tompsonning qo‘shimcha taymda urgan yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.
AQSh so‘nggi bor 1960 yilda Skvo-Velli qishki olimpiadasida jahon chempioni bo‘lgan edi (Olimpiada va jahon chempionati birgalikda o‘tkazildi).
Uchinchi o‘rinni Shvetsiya milliy jamoasi qo‘lga kiritdi. Bronza uchun bahsda shvetsiyaliklar Daniyani 6:2 hisobida yengdi.
Hokkey bo‘yicha jahon chempionati 1920 yildan beri o‘tkaziladi. Unda Kanada eng ko‘p – 28 marta g‘alaba qozongan. SSSR/Rossiya hisobida 27 ta g‘alaba bor.
Shuningdek, Chexoslovakiya/Chexiya 13 marta, Shvetsiya 11 marta, Finlyandiya 4 marta, AQSh 3 marta, Buyuk Britaniya va Slovakiya 1 marta jahon chempioni bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:07
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:06
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026