Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Portugaliyadagi yangi elchisi tayinlandi
Nodir G‘aniyev mamlakat prezidenti Marselu Rebelu de Souzaga ishonch yorliqlarini topshirdi.
O‘zbekistonning Portugaliyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Parij shahrida joylashgan) Nodir G‘aniyev ushbu mamlakat prezidenti Marselu Rebelu de Souzaga ishonch yorliqlarini topshirdi.
«Belem» saroyida bo‘lib o‘tgan rasmiy marosimdan so‘ng kechgan muloqot chog‘ida Portugaliya prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar holati va istiqbollarini yuqori baholadi. Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Prezident Marselu Rebelu de Souza Nodir G‘aniyevni ushbu lavozimga tayinlagani bilan tabriklab, unga Portugaliya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi diplomatik faoliyatida zafar tiladi.
O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 12 avgustda o‘rnatilgan.
Avval O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Nodir G‘aniyev 2024 yil 17 sentabr kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
Mavzuga oid
20:28 / 19.05.2026
Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi bilan jahon chempionatiga boradi
21:51 / 11.05.2026
Atigi bir necha qadam – Portugaliya va Ispaniya o‘rtasida dunyodagi eng kichik xalqaro ko‘prik bor
07:22 / 09.05.2026
Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Rimda hibsga olindi
07:24 / 06.05.2026