Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aliyev: «Asr shartnomasi» mintaqadagi geosiyosiy va geoiqtisodiy vaziyatni o‘zgartirdi
Ilhom Aliyev 30-Caspian Oil and Gas, 13-Caspian Power ko‘rgazmasi va 30-Baku Energy Forum forumining rasmiy ochilish marosimida qatnashdi.
«Asr shartnomasi» haqiqatda mintaqadagi geosiyosiy va geoiqtisodiy vaziyatni o‘zgartirdi. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 30-Caspian Oil and Gas, 13-Caspian Power ko‘rgazmasi va 30-Baku Energy Forum forumining rasmiy ochilish marosimida aytib o‘tdi.
«Birinchi Kaspiy neft va gaz ko‘rgazmasi 1994 yilda tashkil etilgan bo‘lib, undan so‘ng darhol Ozarboyjon xalqaro neft kompaniyalari konsorsiumi bilan shartnoma imzoladi, u keyinchalik «Asr shartnomasi» deb nom oldi va mintaqadagi geosiyosiy va geoiqtisodiy vaziyatni amalda o‘zgartirdi», – dedi davlat rahbari.
Prezident bugungi kunda Ozarboyjon barqaror siyosiy tizimga ega, iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlat ekanini ta’kidladi.
Aliyevning aytishicha, Ozarboyjonda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda va mamlakatning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 7 foizidan kam.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Ozarboyjonning «Yashil kun tartibi» juda ambitsiyali. Neft va gazga boy mamlakat xorijiy sarmoyadorlar bilan birgalikda yashil energiyaga sarmoya kiritayotgani bizning mas’uliyatimizni namoyon etadi, dedi u.
Davlat rahbari, shuningdek, shunday yashil energiya salohiyatiga ega Ozarboyjonning elektr energiyasiga nisbatan ortib borayotgan ehtiyojini asosan qayta tiklanadigan manbalar orqali qondirish mumkinligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
08:50 / 01.06.2026
YeI Rossiya neftiga nisbatan yangi sanksiyalarni tayyorlamoqda
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
08:59 / 26.05.2026