Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortildi
Viloyatda 3 milliard so‘mlik subsidiya, nafaqa va kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.
Samarqand viloyatida 19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lumot berildi.
Qayd qilinishicha, sohada manfaatlar to‘qnashuviga oid hamda korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar saqlanib qolmoqda. Xususan, joriy yil birinchi choragida 3300 dan ortiq holatda hisobotlarga qo‘shib yozilishi aniqlangan va buning oqibatida 80 nafardan ortiq hokim yordamchisi va boshqa mas’ullarga nisbatan intizomiy, ma’muriy va jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortilgan. 3 milliard so‘mlik subsidiya, nafaqa va kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, hokim yordamchilari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning salmoqli qismi Samarqand shahri, Urgut, Ishtixon va Oqdaryo tumanlariga to‘g‘ri keladi, mahalliy hokimlik idoralari yoki bandlik organlari tomonidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazilmagan.
Bundan tashqari, bandlik organlarining «Yagona milliy mehnat tizimi» elektron platformasi orqali amalda ish bilan band bo‘lgan yoki o‘zini o‘zi band qilgan 155 nafar fuqaro uchun BHM 30 barovarigacha miqdorda subsidiyalar berilgan. Bunday holatlarga asosan Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Narpay, Jomboy, Oqdaryo, Bulung‘ur Samarqand va Payariq tumanlarida yo‘l qo‘yilgan.
Qayd qilinishicha, bandlik organlarining 12 nafar xodimi va 25 nafar hokim yordamchisi tadbirkorlik sub’yekti tashkil qilib, boshqarib kelgan.
Hududiy kengash raisi Sh.Negmatov qayd etilgan holatlarni tezkor bartaraf etish, sohada korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq har qanday munosabatlarga chek qo‘yish yuzasidan mas’ullar oldiga aniq vazifalar qo‘ygani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
19:16 / 08.01.2026
Uchtepa tumani hokimligi xodimi 3 ming dollar bilan ushlandi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025
Samarqand viloyatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
15:57 / 29.12.2025