Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘tiqush Avstraliyaning birinchi raketasi parvoziga to‘sqinlik qildi
Katta kakadu to‘tiqushi parvoz maydonchasida simlarga «g‘ayritabiiy qiziqish bildirgani» ma’lum bo‘ldi.
Avstraliyaning Gilmour Space Technologies startapi may oyi o‘rtalarida uzoq kutilgan 23 metrli Eris raketasi parvozini elektr simlaridagi nosozlik tufayli bekor qilishga majbur bo‘ldi.
Muammoning sababini izlash jarayonida qo‘poruvchilikda gumon qilinuvchi aniqlandi. Bu katta kakadu to‘tiqushi bo‘lib, u parvoz maydonchasida kabellarga «g‘ayritabiiy qiziqish bildirgani» ma’lum bo‘ldi.
Qushning aybdor ekani rasman isbotlanmagan bo‘lsa-da, kompaniya rasmiylari bu raketa tizimida quvvatning keskin ko‘tarilishiga «kamida hissa qo‘shgan omil bo‘lishi mumkinligini» taxmin qilmoqda.
Gilmour Space Technologies rasmiylarining aytishicha, tizimdagi nosozlik bo‘yicha ichki tekshiruv davom etmoqda va ular tez orada yangi parvoz vaqtini e’lon qilishadi.
Mavzuga oid
08:55 / 23.05.2026
Dunyodagi eng yirik raketa yana fazoga parvoz qildi
21:32 / 20.05.2026
Turkiya qit’alararo raketasini ko‘z-ko‘z qildi. Yana qaysi davlatlar bunday qurilmaga ega?
08:40 / 13.05.2026
Eronning 70 foiz raketa arsenali saqlanib qolgan - NYT
09:51 / 06.05.2026