Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaradagi tirbandlik masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
«Navoiy» chegara bojxona postida O‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona xizmatlari mas’ullarining sayyor uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar asosiy e’tiborni shu kunlarda o‘zbek-qozoq chegara o‘tkazish punktlarida kuzatilayotgan yengil avtotransport vositalari tirbandligini tezkor bartaraf etishga qaratishdi.
Tomonlar tirbandlikni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida qo‘shimcha kuch va vositalarni safarbar etishga kelishib oldi.
Shuningdek, «Navoiy» chegara bojxona postida chiqish yo‘nalishida yengil avtomobillar harakati kamligi sababli ushbu yo‘nalish orqali O‘zbekistonga kirishdagi yengil avtomobillarning (reversiv) harakati yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida mazkur postda tirbandlik to‘liq bartaraf etildi, deyiladi Bojxona qo‘mitasi xabarida.
Mavzuga oid
17:54 / 07.07.2026
Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi To‘qayevga yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishga ruxsat berdi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
17:42 / 06.07.2026
Qozog‘istonning bosh masjidi Nazarboyev sharafiga «Nursulton» nomini oldi
14:26 / 05.07.2026