Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
Bektemir tumani «Iqbol» MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi 11-qavatda joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘lgan.
Joriy yilning 6 iyun kuni soat 23:48 da Toshkent shahar Bektemir tumani, «Iqbol» MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi 11-qavatda joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushdi.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 23:53 da yetib borib, yong‘in soat 00:22 da o‘chirilgan.
Aytilgan manzilda ko‘p qavatli uyning 11-qavatida joylashgan xonadonda uy jihozlari yonib zararlangani aniqlandi.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.