Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
8 iyun kuni erta tongda Toshkentda «Yoshlar kubogi» velomarafoni o‘tkaziladi.
Toshkent shahrida 8 iyun kuni «Yoshlar kubogi» velomarafoni o‘tkaziladi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Qayd qilinishicha, shu munosabat bilan 8 iyun kuni soat 6:00 dan 9:00 ga qadar ayrim ko‘chalarda jamoat tartibini saqlash va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida transport harakati cheklanadi.
Jumladan:
- Abay ko‘chasi va Abdulla Qodiriy ko‘chasi kesishmasidan Alisher Navoiy ko‘chasi kesishmasigacha;
- Botir Zokirov ko‘chasi va Alisher Navoiy ko‘chasi kesishmasidan «O‘zbekiston» metro bekatigacha;
- Afrosiyob ko‘chasi «O‘zbekiston» metro bekatidan Nukus ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
- Nukus ko‘chasi va Afrosiyob ko‘chasi kesishmasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasi kesishmasigacha;
- Abdulla Qodiriy ko‘chasi va Farg‘ona yo‘li ko‘chasi kesishmasidan Abay ko‘chasi kesishmasigacha.
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.
Mavzuga oid
09:10
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026
“Toshkentni dunyodagi eng qulay shaharlardan biriga aylantiramiz” – hokim Shavkat Umrzoqov bilan suhbat
08:41 / 05.06.2026