Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys kechiktiriladi
Aviaqatnov o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha zaxira havo kemasida amalga oshiriladi.
Texnik sabablarga ko‘ra, faqat 9 iyun kuni Sankt-Peterburg—Toshkent yo‘nalishidagi HY634 aviaqatnovi kechiktiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu aviareys o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha zaxira havo kemasida amalga oshiriladi:
- Sankt-Peterburgdan jo‘nab ketish — soat 23:00;
- Toshkentga yetib kelish — ertasi kuni soat 05:50 (mahalliy vaqt ko‘rsatilgan).
«Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizga umid qilamiz», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, may boshlarida Moskvaga uchgan Uzbekistan Airways reyslari zaxira aeroportlarga yo‘naltirilgan edi.
Mavzuga oid
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
08:52 / 02.04.2026
O‘zbekistonlik ayol va uning uch farzandi Rossiyadan olib kelindi
08:25 / 27.02.2026
Xayrulla Ibodullayevga «Jasorat» medali tantanali topshirildi
13:41 / 25.02.2026