Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashadi
Endi ikki davlat mahbuslari jazoning qolgan qismini vatanida o‘tash imkoniga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun topshirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Endi ikki davlat mahbuslarni o‘zaro almashishi mumkin.
Shartnoma 2024 yil 18 iyul kuni Toshkentda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov tashrifi doirasida imzolangan edi.
Mahbuslarni almashish «Do‘stlik/Dostuk» o‘zbek-qirg‘iz chegara o‘tkazish punkti orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, shartnomada xarajatlarni qoplash, nizolarni hal qilish, rasmiy tillar va boshqa mexanizmlar belgilangan. Shartnomaga muvofiq, O‘zbekiston va Qirg‘iziston Bosh prokuraturalari uning ijrosi uchun mas’ul bo‘lgan markaziy organ hisoblanadi.
Bu sa’y‑harakatlar mahbuslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, oilalari bilan aloqalarini saqlash va davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgani ta’kidlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir Qirg‘izistonda 100 nafarga yaqin o‘zbekistonlik va O‘zbekistonda 50 nafarga yaqin qirg‘izistonlik mahbus jazoni o‘tamoqda.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026