Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqariladi
Volkswagen kompaniyasi «O‘zavtosanoat» tarkibidagi Alyans Auto bilan hamkorlikda O‘zbekistonda SKD usulida avtomobillar ishlab chiqarishni boshlaydi. Tarkibiy qismlar nemis kompaniyasining Xitoydagi ishlab chiqarish bazasidan yetkazib beriladi. Ommaviy ishlab chiqarishni boshlash 2025 yilning IV choragiga mo‘ljallangan.
Volkswagen UzAuto bilan hamkorlikda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda Germaniya kompaniyasining savdo va marketing bo‘yicha rahbari Martin Sander LinkedInʼdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Kelishuvga ko‘ra, avtomobillarni ishlab chiqarish SKD formatida (butlovchi qismlarni yirik uzellar asosida yig‘ish texnologiyasi) amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish jarayoni ilgari Jizzakh Auto nomi bilan tanilgan va O‘zavtosanoat tarkibiga kiruvchi Alyans Auto bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yiladi. Aynan shu kompaniya O‘zbekistonda Volkswagen, Škoda va Jetta avtomobillarining rasmiy distribyutori hisoblanadi.
«Bizda sakkizta zamonaviy sedan va sig‘imli yo‘ltanlamas avtomobillari mavjud. Bu aynan o‘zbekistonlik xaridorlar izlayotgan narsadir», - deya ta’kidlagan Sander.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tarkibiy qismlar Volkswagen’ning Xitoydagi ishlab chiqarish bazasidan yetkazib beriladi. Bu kompaniyaga logistika xarajatlarini qisqartirish va uglerod izini kamaytirish imkonini beradi.
Ommaviy ishlab chiqarishni boshlash 2025 yilning IV choragiga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
17:38 / 09.06.2026
Bir yilda bitta mashinaga sertifikat cheklovi bekor qilindi: bu nimani anglatadi?
21:37 / 05.06.2026
Shaxsiy ehtiyoj uchun avtomobil olib kirishda “bir yilda bitta” degan cheklov olib tashlandi
17:27 / 30.05.2026
Sergeli avtomobil bozorida noqonuniy olibsotarlarga qarshi reyd: 30 kishiga chora ko‘rildi
08:45 / 28.05.2026