Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vuchich Rossiyaning Ukrainadagi urushini qoralovchi bayonotga imzo chekmadi
Serbiya prezidenti Rossiyaning keng ko‘lamli hujumi qoralangan Ukraina - Janubi-Sharqiy Yevropa sammiti yakunlari bo‘yicha deklaratsiyani imzolamadi.
11 iyun, chorshanba kuni AFP xabariga ko‘ra, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Rossiyaning Ukrainaga bo‘lgan tajovuzini qoralagan Ukraina - Janubi-Sharqiy Yevropa sammiti yakunlari bo‘yicha deklaratsiyani imzolamadi.
Hujjatni Ruminiya prezidenti Nikushor Dan, Moldova prezidenti Mayya Sandu, Bolgariya, Xorvatiya va Gretsiya bosh vazirlari, boshqa Bolqon davlatlari vakillari imzoladi. «Biz Rossiyaning Ukrainaga qarshi shafqatsiz bosqinchilik urushini keskin qoralaymiz», — deyiladi sammit ishtirokchilari bayonotida.
Davlat rahbarlari «Ukrainani zarur bo‘lgan vaqtgacha to‘liq va doimiy qo‘llab-quvvatlash»ga sodiqligini tasdiqladi va barcha mamlakatlarni Rossiyaning «harbiy harakatlariga» yordam bermaslikka chaqirdi. Deklaratsiyada, shuningdek, qo‘shimcha sanksiyalar va Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketish, Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zoligini qo‘llab-quvvatlash, maxsus tribunal tashkil etish talab etiladi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, «Rossiya qo‘shinlari va harbiy texnikasini butun Ukrainadan to‘liq olib chiqib ketish tinchlik uchun markaziy va muhokama etilmaydigan shartdir».
Mavzuga oid
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:04 / 08.06.2026