Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilning Eronga hujumidan keyin AQSh harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubordi
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari USS «Tomas Xadner» kemasini Sharqiy O‘rtayer dengiziga jo‘natgan.
Foto: shipshub.com
Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroil hujumiga Eronning ehtimoliy javobiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Yaqin Sharqqa harbiy texnikani, jumladan, kemalarni yubormoqda, deb xabar berdi AP.
Jumladan, AQSh Harbiy-dengiz kuchlari USS «Tomas Xadner» kemasini Sharqiy O‘rtayer dengiziga jo‘natgan.
Shuningdek, yana bir kema jangovar tayyor holatga keltirilgan, Oq uy talabiga ko‘ra, u istalgan vaqtda Yaqin Sharqqa suzishi mumkin.
Bundan tashqari, AQSh prezidenti Donald Tramp Milliy xavfsizlik kengashi bilan mintaqadagi vaziyatni muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazgan. Yana qo‘shimcha qarorlar qabul qilinishi mumkin.
13 iyunga o‘tar kechasi Isroil harbiy-havo kuchlari Eronga yirik havo hujumi uyushtirdi va yadroviy inshootlar bilan raketa obektlaridan tortib, yuqori martabali amaldorlar va olimlarning qarorgohlarigacha bo‘lgan o‘nlab nishonlarga zarba berdi. Halok bo‘lganlar orasida Eron qo‘mondonlari va muhim olimlar bor edi.
Bunga javoban Eron Isroil hududiga yuzlab dronlarni uchirdi, ammo ularning barchasi urib tushirilgani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
14:35 / 05.12.2025
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
13:42 / 05.12.2025
Isroil «Yevrovideniye-2026»da qatnashadi, qator davlatlar tanlovni boykot qiladi
09:40 / 05.12.2025
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00 / 05.12.2025