Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarlik turlari kengaytirildi
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik korrupsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarliklardan biri sifatida belgilanmoqda.
Foto: Shutterstock
Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 12 iyun kunidagi 362-son qarori bilan Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Jumladan, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik korrupsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarliklardan biri sifatida belgilanmoqda.
Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlashda faol yordam bergan shaxslar undirilgan jarimaning ellik foizi miqdorida mukofot puli bilan rag‘batlantirilishi nazarda tutilmoqda.
Ma’lumot uchun: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-1-, 193-1- va 193-2-moddalarida korrupsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga BHMning uch baravari miqdorida mukofot puli bilan rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilgan.
Davlat organining yoki tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xodimi tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi haqida xabar bermaslik BHMning uch baravaridan besh baravarigacha miqdorida, davlat xaridlari sohasida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik esa yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Kodeksning 193-4- va 215-7-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
Mavzuga oid
15:43 / 03.12.2025
Oliy ta’lim tizimi faoliyatini tartibga soluvchi yangi nizom qabul qilinadi
09:37 / 02.12.2025
Statsionar bemorlarni boshqa tibbiyot muassasasiga bepul o‘tkazish tartibi joriy etildi
18:14 / 30.11.2025
Netanyahu Isroil prezidentidan korrupsiya ishi bo‘yicha afv so‘radi
12:24 / 29.11.2025