Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti Xitoyga 1,5 ming bosh sayg‘oq sovg‘a qildi
Sayg‘oqlar populyatsiyasi ko‘payishi uchun Xitoyning g‘arbiy qismiga qo‘yib yuboriladi.
Qozog‘iston Xitoyga 1,5 ming bosh sayg‘oq sovg‘a qiladi. Bu haqda prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev ma’lum qildi, deb yozdi «Zakon».
«Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev qo‘shni davlatdagi populyatsiyasini tiklash maqsadida Xitoyning g‘arbiy qismiga qo‘yib yuborish uchun Xitoy hukumatiga 1,5 ming bosh sayg‘oqni sovg‘a qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. O‘z navbatida, Xitoy raisi Si Jinping sayg‘oqlar populyatsiyasini qayta tiklash bo‘yicha qabul qilingan qarori uchun Qosim-Jo‘mart To‘qayevga minnatdorchilik bildirdi», deyiladi xabarda.
Avvalroq Qozog‘istonda sayg‘oqlar populyatsiyasi haddan ziyod ko‘paygani, mahalliy fermerlar bundan aziyat chekayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu yil sayg‘oqlar soni 5 milliondan oshishi kutilmoqda.
Sayg‘oqlar hatto Rossiya hududlariga ko‘chib o‘tib, ekinlar, yaylovlar, pichanzorlarni payhon qilayotgani tufayli, rossiyalik fermerlar prezident Vladimir Putindan yordam so‘ragan edi.
Mavzuga oid
08:55
Xitoy eng uzun temiryo‘l ko‘priklari bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda
10:55 / 17.07.2026
Tramp: Xitoy 2020 yilgi AQSh saylovlariga aralashgan
09:25 / 17.07.2026
Quyosh panellari va qo‘ylar Xitoyda cho‘lni qayta tiriltirdi
22:31 / 16.07.2026