Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Amudaryo" va "Sirdaryo" havzalari birlashmalari xodimlariga ustama belgilandi
Vazirlar Mahkamasining "Amudaryo" va "Sirdaryo" havzalari suv xo‘jaligi birlashmalarining moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash, xodimlar mehnatiga haq to‘lash va ularni rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Xususan, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xodimlar quyidagilarni oladi:
- har chorak yakunlari bo‘yicha oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdoridagi mukofotlar;
- budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning maxsus fondidan ustamalar;
- boshqaruv, ishlab chiqarish va yordamchi (xizmat ko‘rsatuvchi) xodimlarga xizmat yillari uchun oylik qo‘shimcha to‘lovlar:
- 1 yildan 5 yilgacha – 20 foiz;
- 5 yildan 10 yilgacha – 30 foiz;
- 10 yildan 20 yilgacha – 40 foiz;
- 20 yildan ortiq – 60 foiz.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.06.2025 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
09:36
Vengriyaning “smart qishloq” tajribasi Sirdaryoda sinab ko‘riladi
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
13:51 / 04.12.2025
Shavkat Mirziyoyev bioaksal polipropilen plyonka ishlab chiqaradigan yagona korxona faoliyati bilan tanishdi
12:16 / 04.12.2025