Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi. 20 kishi halok bo‘ldi
Cherkovga kirgan hudkush avtomatik quroldan ibodatga kelganlarga o‘t ochgan, keyin esa portlovchi qurilmani harakatga keltirgan.
Foto: Syrian Coast Monitor
Suriya poytaxti Damashqning sharqiy qismida joylashgan avliyo Pavel cherkovida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Syrian Coast Monitor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlovchi qurilmani hudkush terrorchi harakatga keltirgan. Portlash oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgan va 30 ga yaqin odam jarohat olgan.
Al Hadath telekanalining ma’lum qilishicha, cherkovga kirgan hudkush avtomatik quroldan ibodatga kelganlarga o‘t ochgan, keyin esa portlovchi qurilmani harakatga keltirgan.
Suriya hukumati hujum uchun mas’uliyatni IShID terrorchilik tashkiloti zimmasiga yukladi.
Terakt nasroniy aholi istiqomat qiladigan Duveyla dahasida sodir etilgan. Politsiya hududni qurshab olgan, voqea joyiga tez yordam yetib kelib, yaradorlarni olib ketmoqda.
AFP terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 kishiga yetgani va 52 kishi yaralanganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026
«Krokus»dagi terakt uchun sudlangan shaxs o‘z joniga qasd qildi
09:47 / 12.03.2026