Jamiyat | 14:38 / 24.06.2025
4579
1 daqiqa o‘qiladi

Rohat aylanmasidan uch qavatli ko‘prikkacha bo‘lgan yo‘l 1 haftaga yopiladi

Toshkent shahridagi Ohangaron shohko‘chasi (Rohat aylanma chorrahasidan sobiq "TAPOiCh"dagi ko‘prikkacha) 25 iyundan 1 iyulgacha avtomobillar uchun yopiladi. Sabab – qurilish-ta’mirlash ishlari, deya ma’lum qildi poytaxt YHXB.

Foto: IIBB

Qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 25 iyun soat 24:00 dan Yashnobod tumanidagi Ohangaron shohko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Yopiladigan qism: Temur Malik - Parkent - Maxtumquli ko‘chalari aylanma harakatidan, THAY-Ohangaron shohko‘chalari aylanma harakatigacha bo‘lgan qismi.

Ishlarni bajarish muddati: 2025 yil 25 iyun soat 24:00 da 1 iyul kuniga qadar davom etadi.

Haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanib, Bektemir shohko‘chasi, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, Mahtumquli ko‘chasi, va Yangi O‘zbekiston ko‘chalaridan harakatlanish tavsiya etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid