Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nvidia dunyodagi eng qimmat kompaniya maqomini saqlab qoldi
Bugungi kunda uning bozor kapitallashuvi taxminan 3,77 trillion dollarni tashkil etadi.
Nvidia aksiyalari narxi 4,3 foizga oshib, 154,31 dollarni tashkil qildi va yanvar oyida o‘rnatilgan avvalgi rekordni yangiladi, deb xabar berdi Bloomberg.
Natijada Nvidia dunyodagi eng qimmat kompaniya maqomini saqlab turibdi. Bugungi kunda uning bozor kapitallashuvi taxminan 3,77 trillion dollarni tashkil etadi (Ikkinchi o‘rindagi Microsoft ko‘rsatkichlari 3,66 trillion dollarga baholanmoqda).
Bugungi kunda Nvidia daromadlarining 40 foizdan ortig‘ini Meta va Microsoft kabi gigantlar ta’minlamoqda, ular sun’iy intellektni rivojlantirishga sarmoyalarni jadal oshirmoqda. Nvidia bosh direktori Jyensen Xuang so‘zlariga ko‘ra, sanoat sun’iy intellekt infratuzilmasini global yangilashning boshida turibdi.
Allspring Global Investmens kompaniyasi vakili Maykl Smit so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt bilan qurollanish poygasi 2025 yil davomida va ehtimol 2026 yilda ham davom etadi.
Nvidia kompaniyasi Riva TNT va GeForce brendlari ostida grafik protsessorlar, videoadapterlar, shuningdek, shaxsiy kompyuterlar va o‘yin pristavkalari uchun multimedia va kommunikatsiya qurilmalarini ishlab chiqaradi. Kompaniyaning bosh qarorgohi Santa Klara (AQSh) shahrida joylashgan.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
18:13 / 10.06.2026
Smartfonni quvvatlashdagi asosiy xatolik aytildi
08:30 / 09.06.2026
O‘z davridan ming yillar oldin yaratilgan 8 texnologiya
22:36 / 21.05.2026