Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda armiyaga SMS orqali chaqirishga ruxsat beriladi
Bundan tashqari, muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarga hukumat portali orqali ham xabar yuboriladi.
Qozog‘istonda harbiy xizmatga majbur shaxslar chaqiruv qog‘ozlarini SMS va davlat xizmatlaridagi bildirishnoma orqali oladi. Mamlakat qonunchiligiga bu borada tegishli o‘zgartirishlar kiritilgani to‘g‘risida Senat apparati rahbari Maksim Spotkay ma’lum qildi.
«Harbiy xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan fuqaro agar u matnli xabarni o‘qimagan bo‘lsa, tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanmaydi», — deyiladi qonun matnida. Chaqiruv qog‘ozlarini yuborishning yangi tizimini Spotkay «soddalashtirilgan» deb atadi. Chaqiriluvchilar SMS’dan tashqari mamlakat hukumatining elektron portali orqali ham xabardor qilinadi.
Senat tomonidan ma’qullangan qonunchilikdagi yana bir o‘zgartirish — talabalarning xizmatga chaqiruvini kechiktirishni cheklash. U qozog‘istonlik yoshlarga har bir ta’lim darajasi uchun bir marta beriladi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolar Qozog‘istonda mamlakatdagi maktab bitiruvchilarining bilimini baholovchi tizim — Yagona milliy testdan o‘tmagan holda OTMga topshirish huquqiga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:25
To‘qayev va YeI yetakchilari hamkorlikning yangi bosqichini boshladi
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:21 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston prezidenti administratsiyasi rahbari bilan uchrashdi
17:43 / 19.06.2026