Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlaganlar salkam yarim mlrd so‘m zarar yetkazdi
Sirdaryo viloyatida taqiqlangan ov qurollari bilan baliq ovlash holatlarining oldini olish maqsadida tezkor reyd tadbiri o‘tkazildi.
Foto: Ekologiya vazirligi
Ekologiya vazirligi ma’lum qilishicha, reyd davomida Sirdaryo daryosidan chiqib kelayotgan “Moskvich” inspektorlar tomonidan ko‘zdan kechirilganda, avtotransport vositasi yukxonasidan 1 dona baliq ovlashga mo‘ljallangan elektr qarmoq, 1 dona rezina qayiq, 3 dona akkumulyator hamda umumiy hisobda 19 dona baliq borligi aniqlandi.
Ovlangan baliqlar orasida 2 dona oq amur, 7 dona oqqayroq, 9 dona tovonbaliq hamda Qizil kitobga kiritilgan 1 dona Turkiston mo‘ylovdori bo‘lgan. Ular noqonuniy ravishda elektr qarmog‘i yordamida Sirdaryo daryosidan ovlangani ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan hayvonot dunyosiga 495 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Barcha hujjatlar huquqiy baho berish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.
Mavzuga oid
20:00 / 14.03.2026
Sirdaryoda baliq ovlaganlar tabiatga qariyb 520 million so‘mlik zarar yetkazdi
21:44 / 04.03.2026
Sirdaryoda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 trillion so‘m ajratiladi
19:33 / 03.03.2026
Markaziy Osiyoda bu yil sug‘orish suvi zaxiralari kam bo‘lishi mumkin
09:41 / 03.03.2026