Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Eronni jilovlash bo‘yicha yanada keskin siyosat boshlanganini e’lon qildi
Eronga qarshi «Arslondek xalq» operatsiyasi Isroil yangi siyosatining shunchaki reklama ko‘rinishi bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Isroil mudofaa vaziri Israel Kats Eronga qarshi 12 kun davom etgan «Arslondek xalq» operatsiyasi yakunlanganini ma’lum qildi va armiyaga Eron havo hududini nazorat qilish rejasini tayyorlashni topshirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya «Isroil tarixida va jahon urushlari yilnomasida shonli sahifa» yozgan.
Kats so‘zlariga ko‘ra, Isroil Tehron osmonini Isroil harbiy-havo kuchlari uchun ochib, Eron havo mudofaa tizimlarini yo‘q qilgan, Amerika ittifoqchilari yordamida Eron yadro dasturini izdan chiqargan va Eron harbiy rahbariyati hamda yadroviy dastur bo‘yicha yetakchi olimlarini yo‘q qilgan. Vazirning da’vo qilishicha, Xominaiy Isroilni yo‘q qilish dasturini o‘n yillar davomida shakllantirib kelgan, Isroil bu dasturga barham bergan.
Kats Isroil armiyasiga Eronni jilovlash rejasini tayyorlash, jumladan, Isroilning Eron havo hududidagi hukmronligini saqlab qolish, yadroviy dastur rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va terrorchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlaganlik uchun o‘ch olish haqida ko‘rsatma berdi.
«Men Tehronda tishlari sug‘urilgan ilonning boshiga ehtiyot bo‘lish va tushunishni taklif qilaman: «Arslondek xalq» operatsiyasi Isroil yangi siyosatining shunchaki reklama ko‘rinishi edi – 7 oktyabrdan keyin daxlsizlik tugadi», dedi u.
Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi 2025 yil 13 iyundan 25 iyungacha davom etdi. Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Harbiy-havo kuchlari 1500 dan ortiq parvozni amalga oshirgan va 900 dan ortiq nishonga zarba bergan, Eronning 30 dan ortiq yuqori martabali harbiy amaldori yo‘q qilgan. Operatsiya AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan otashkesim bilan yakunlandi.
Mavzuga oid
15:35
OAVda Eron va AQSh o‘rtasidagi kelishuv loyihasi matni e’lon qildi
13:33
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
19:23 / 16.06.2026
AQSh-Eron kelishuvi Netanyahu va Tramp o‘rtasida kelishmovchilikka olib kelmoqda
18:52 / 16.06.2026