Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi
Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbar xodimlari chiqqan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida ro‘y bergan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 30 iyun soat 20:50da Shaxrisabz shahar, Kesh MFY, Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan ikkita do‘konda (qandolat va quruq mevalar) yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan va yong‘inni o‘chirgan.
Yong‘in natijasida do‘konlarning taxminan 30 metr kvadrat maydonda tom va ichki qismi yongan. Do‘konlar bozor hududida emas.
Yong‘in oqibatida tan jaroxati olgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
«Voqea joyiga shahar FVB rahbar xodimlari chiqqan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026