Jahon | 14:13 / 01.07.2025
2785
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi oltin qazib olish konserni O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb etadi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Rossiyaning Magadan viloyatiga amaliy safar davomida "Arbat" konserni kuzatuv kengashi raisi Aleksandr Basanskiy bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

Muloqot avvalida Aleksandr Basanskiy konserni faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi. "Arbat"konserni Magadan viloyatidagi 11 ta obektda oltin qazib olish faoliyati shug‘ullanadi. Ma’lum qilinishicha, hozir kunda kompaniyada 900 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari ishlamoqda. Shuningdek, O‘zbekistondan qo‘shimcha ishchi kuchini jalb qilish imkoniyati borligi ta’kidlandi.

"Ayni paytda konsernga malakali mashinistlar, haydovchilar, mexaniklar va boshqa mutaxassislar zarur. Bu toifadagi xodimlar uchun munosib ish haqi belgilangan, ular bepul turar joy va uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi", – dedi Aleksandr Basanskiy.

O‘z navbatida, Bosh konsulxona xodimlari bu masalada har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida "Arbat" konserni uchun mutaxassislarni qonuniy asosda jalb yetish bo‘yicha  ishlarni muhokama qilish uchun O‘zbekiston Migratsiya agentligi  vakillari bilan muzokaralar tashkil etishga kelishib olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid