O‘zbekiston | 20:53 / 01.07.2025
1624
2 daqiqa o‘qiladi

«Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik» ekotizimi joriy etiladi

Ekotizim doirasida har yili hamkorlik qilayotgan qurilish sanoati korxonalaridan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilinadi.

«Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatida ta’lim tizimi samaradorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan integratsiyasini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 sentabrdan «Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik» ekotizimi joriy etiladi.

Ekotizim doirasida har yili:

- hamkorlik qilayotgan qurilish sanoati korxonalaridan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilinadi;

- talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar o‘rtasida «Eng yaxshi 20 ta g‘oya» tanlovi e’lon qilinib, saralab olinadi;

- g‘olib loyihalar bo‘yicha laboratoriyalarda tadqiqotlar o‘tkazilishi ta’minlanadi.

Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi amaliyotga joriy etilgan ilmiy tadqiqotlar mualliflarini BHM 35 baravari miqdorida moliyaviy rag‘batlantiradi.

2025 yil 1 sentabrdan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining arxitektura va qurilish yo‘nalishidagi barcha laboratoriyalari faoliyati Universitet tomonidan «UniLab» platformasi orqali muvofiqlashtirib boriladi.

 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid