Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Senati Trampning «katta» qonun loyihasini ma’qulladi
Senatda respublikachilar ko‘pchilik bo‘lishiga qaramay, ovozlar 50 ga 50 bo‘ldi. Donald Trampning «katta va ajoyib qonuni»ni qo‘llab-quvvatlash vitse-prezident Jyey Di Vensning hal qiluvchi ovozi bilan amalga oshirildi.
1 iyul, seshanba kuni AQSh Senati AQSh prezidenti Donald Trampning soliq imtiyozlari va davlat xarajatlarini qisqartirish haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Majlis bir kundan ortiq davom etdi. Senatda respublikachilar ko‘pchilik bo‘lishiga qaramay, senatorlarning ovozlari 50 ga 50 bo‘ldi. Trampning «katta va ajoyib qonuni»ni qo‘llab-quvvatlash vitse-prezident Jyey Di Vensning hal qiluvchi ovozi bilan amalga oshirildi.
Uch respublikachi senator, Shimoliy Karolinadan Tom Tillis, Men shtatidan Syuzan Kollinz va Kentukkidan Rend Pol demokratlar bilan birga Oq uy rahbari tomonidan taklif qilingan soliq va budjet paketiga qarshi ovoz berdi.
Munozara davomida senatorlar qonun loyihasiga bir qator tuzatishlar kiritdi, shuning uchun endi u AQSh Kongressi Vakillar palatasi tomonidan qayta tasdiqlanishi kerak. Reuters xabariga ko‘ra, munozara va ovoz berish 2 iyulga belgilangan. Donald Tramp qonunni 4 iyul, juma kuni nishonlanadigan Mustaqillik kunigacha imzolamoqchi. Tramp Senat qaroriga «Vau» deya reaksiya bildirdi, deb yozadi AFP. O‘sha paytda u Floridadagi Evergleyds botqoqlarida «alligatorli Alkatras» nomini olgan yangi deportatsiya markaziga tashrif buyurdi.
Trampning qonun loyihasi, jumladan, respublikachining birinchi davrida joriy etilgan soliq imtiyozlarini uzaytirish, immigratsiya va mudofaa, jumladan, «Oltin gumbaz» (Golden Dome)raketaga qarshi mudofaa tizimini rivojlantirish uchun mablag‘ni ko‘paytirishni nazarda tutadi.
Kompensatsiya sifatida oziq-ovqat dasturlari va iqlimni muhofaza qilish choralari, shuningdek, kambag‘allar, nogironlar, kam ta’minlangan oilalar farzandlari va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning tibbiy xarajatlarini to‘lashga yordam beradigan Medicaid dasturiga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish taklif etiladi. Kongress ma’lumotlariga ko‘ra, o‘n yil ichida Medicaid dasturi doirasida 12 millionga yaqin odam sog‘lig‘ini himoya qilishdan mahrum bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30 / 10.06.2026
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15 / 10.06.2026