Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi G‘azo tinch aholisiga hujumlarni qoraladi
Jahon tashkiloti rahbari Isroil harbiylarining tinch aholini eksklavdan evakuatsiya qilish bo‘yicha yangi buyrug‘idan qattiq xavotirda.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroil harbiylarining G‘azo sektorida tinch aholiga qarshi hujumlarini qoraladi. Bu haqda kundalik brifingda BMT bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jahon tashkiloti rahbari Isroil harbiylarining tinch aholini eksklavdan evakuatsiya qilish bo‘yicha yangi buyrug‘idan qattiq xavotirda.
U bu minglab g‘azoliklarning yana ko‘chirilishiga olib kelishi haqida ogohlantirdi.
Dyujarrik tinch aholi himoyasini ta’minlash, shuningdek, gumanitar yordam mintaqaga to‘siqsiz, uzluksiz va xavfsiz kirishini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.
Dyujarrikning qayd etishicha, BMT bosh kotibi vositachilarning tinchlik bo‘yicha sa’y-harakatlarini olqishlaydi va tomonlarni G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiradi.