Jahon | 08:16 / 02.07.2025
3521
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada «Isroil armiyasiga o‘lim» shiori bo‘yicha tergov boshlandi

Britaniyaning Bob Vylan pank-rep guruhi o‘z chiqishlari davomida «Falastinga ozodlik» va «Isroil armiyasiga o‘lim» kabi shiorlarni aytgan.

Foto: Leon Neal/Getty Images

Irlandiyaning Kneecap rep guruhi va Britaniyaning Bob Vylan pank-rep guruhining Buyuk Britaniyadagi mashhur «Glastonberi» festivalidagi chiqishi ortidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ular, jumladan, Isroilga qarshi shiorlar aytgan.

Eyvon va Somerset politsiyasi bergan bayonotda ikki guruhning festivaldagi konsertlariga oid video va audio yozuvlar tahlil qilingani va qo‘shimcha dalillarga ehtiyoj borligidan kelib chiqib, tergov boshlangani bildirildi.

Bayonotda politsiya hozirda ishni «jamoat tartibi masalasi» sifatida baholayotgani va barcha huquqiy jihatlar, jumladan, nafrat asosidagi jinoyat qonunchiligi tekshirilishi ta’kidlangan.

Foto: OLI SCARFF/AFP via Getty Images

Politsiya vakili: «Tergovni katta tergovchi boshqaradi. Jarayon to‘liq dalillarga asoslangan bo‘ladi va biz jamoatchilikning kuchli reaksiyasidan xabardormiz. Jamiyatda nafratning har qanday ko‘rinishiga o‘rin yo‘q», deya ma’lum qildi.

Angliyada dunyoga mashhur «Glastonberi» festivalida ishtirok etgan Britaniyaning Bob Vylan pank-rep guruhi o‘z chiqishi chog‘ida «Falastinga ozodlik» (Free Palestine) va «Isroil armiyasiga o‘lim» (Death to the Israeli army) kabi shiorlarni aytdi, muxlislar bu chaqiriqlarga hamrohlik qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid