Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
«Vodiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatlangan IVECO rusumli yuk mashinasida yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 2 iyul kuni soat 20:55 da «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga dovondan o‘tgan A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining «Vodiy—Toshkent» yo‘nalishida harakatlangan IVECO rusumli yuk mashinasida yong‘in bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi ekipajlari voqea joyiga yetib borgan va yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
«Qamchiq dovonida avtomobillarning ikki tomonlama harakati davom etmoqda», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026