Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA Quyosh tizimida «chaqirilmagan mehmon» paydo bo‘lganini aniqladi
Bu obekt yulduzlararo kometa bo‘lib chiqdi, unga 3I/ATLAS nomi berildi.
Quyosh tizimida yulduzlararo fazoning noma’lum kengliklaridan kelgan sirli kosmik obekt aniqlandi. U Chilidagi Asteroid Terrestrial-impact Last Alert System (ATLAS) teleskopi yordamida topildi, deb yozdi Interesting Engineering.
Qayd etilishicha, bu obekt yulduzlararo kometa bo‘lib chiqdi, unga 3I/ATLAS nomi berildi. Olimlar uni 1 iyulda aniqladi.
Nashrning ta’kidlashicha, bu uchinchi tasdiqlangan yulduzlararo obektdir. Bu kometa Yerdan 670 million kilometr uzoqlikda bo‘lganida aniqlangan.
NASA bu yulduzlararo obekt sayyoramiz uchun xavf tug‘dirmasligini aytdi. Agentlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, 3I/ATLAS kometasi kamida 1,6 astronomik birlik, ya’ni 240 million kilometrga yaqin xavfsiz masofada qoladi. Uning Mars orbitasiga tushishi ehtimoli bor.
Olimlarning fikricha, 3I/ATLAS oktyabr oyida Quyoshga maksimal darajada yaqinlashadi. U yulduzdan taxminan 1,4 astronomik birlik (taxminan 210 million kilometr) masofada uchib o‘tadi.
Nashrning eslatishicha, Quyosh tizimiga yulduzlararo fazodan kirgan birinchi obekt 1I/Oumuamua asteroidi bo‘lgan. U 2017 yilda kashf etilgan. Ikkinchi shunday obekt 2I/Borisov kometasi edi. U 2019 yilda kashf etilgan.
Mavzuga oid
09:59 / 29.05.2026
Jyeff Bezosning Oyga uchadigan raketasi sinov parvozi oldidan portlab ketdi
08:05 / 05.05.2026
12 mingta surat: NASA Artemis-II missiyasining to‘liq fotoarxivini e’lon qildi
16:13 / 18.04.2026
“Qo‘rquv bo‘lishi tabiiy, ammo bu sizni to‘xtatmasin”, - 17 yoshida NASA va SpaceX bilan kosmik loyihani amalga oshirgan Akbar hikoyasi
20:59 / 16.04.2026