Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Noyob kosmik jism 2023 yili Nigerdan topilgan. Savdolar davomida uning narxi 4 mln dollarga yetishi mumkin.
Sotheby’s kimoshdi uyi 16 iyul kuni Nyu-Yorkda noyob eksponat — Marsdan Yerga tushgan eng katta meteoritni sotuvga qo‘yadi, deb xabar bermoqda Bild.
Qayd etilishicha, NWA 16788 nomini olgan toshning og‘irligi 25 kilogrammni tashkil etadi va uning narxi savdolar davomida 4 million dollargacha ko‘tarilishi mumkin.

Noyob kosmik jism 2023 yili Nigerdan topilgan. Olimlarning hisoblashicha, u asteroidning kuchli to‘qnashuvi natijasida Marsdan ajralgan va uzoq yillardan keyin Yerga meteorit sifatida tushgan.
«Bunday topilmalar juda kam uchraydi: butun dunyo bo‘ylab Marsga tegishli meteoritlardan qariyb 400 ta mavjud bo‘lib, ularning aksariyati kichik o‘lchamda», — deyiladi xabarda.
Sotheby’s ushbu toshni «kolleksionerlar uchun xazina», deb atadi. Kimoshdi uyining ta’kidlashicha, NWA 16788 — shunchaki og‘ir tosh emas, balki yaxshi saqlanib qolgan meteoritdir.
Mavzuga oid
10:21 / 09.03.2026
Germaniya g‘arbidagi uylarga meteorit bo‘laklari tushdi
18:57 / 09.02.2026
Ilon Mask endi Mars emas, Oyda shahar yaratish ustuvor ekanini aytdi
08:07 / 02.02.2026
Marsda “tungi fotosessiya”: Curiosity sun’iy yoritishdan foydalandi
14:38 / 14.11.2025