Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh rasmiylarida Jyeffri Epshteynning «mijozlar ro‘yxati» yo‘q – OAV
Shuningdek, uning qamoqxonada o‘ldirilgani haqidagi ma’lumotlar ham asossiz ekani ta’kidlanmoqda.
Foto: Getty images
AQSh Adliya vazirligi va Federal qidiruv byurosida moliyachi Jyeffri Epshteynning «mijozlar ro‘yxati»ni yuritgani, nufuzli shaxslarni shantaj qilgani va qamoqda o‘ldirilganiga oid hech qanday dalil yo‘q, deb yozdi Axios.
AQSh rasmiylari, shuningdek, Epshteynning qamoqdagi kamerasi yo‘lagidan olingan videotasvirlarni e’lon qildi, bu esa moliyachining o‘limi arafasida oldiga hech kim kirmaganini ko‘rsatadi. Video, deyiladi eslatmada, tibbiy ekspertizaning Epshteyn o‘z joniga qasd qilgani haqidagi xulosasini tasdiqlaydi.
Axios nashrining ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Epshteyn ishi va uning o‘limi bilan bog‘liq fitna nazariyalarini birinchi marta rasman rad etdi.
Bu fitna nazariyalari Trampni qo‘llab-quvvatlovchi MAGA harakati a’zolari orasida mashhur, deb yozdi nashr. Boshqalar qatori, o‘tmishda bu nazariyalarni hozirgi FQB rahbari Kesh Patel va uning o‘rinbosari Den Bongino ham tarqatgan.
Trampning o‘zi Epshteyn mijozlari haqidagi ma’lumotlarni maxfiylikdan chiqarishga saylov kampaniyasidan oldin va keyin ham va’da berdi. Uning bir qismi yil boshida e’lon qilingan, biroq matbuotda «ish bo‘yicha hech qanday yangi shov-shuvli ma’lumotlar» jamoatchilikka taqdim etilmagani qayd etilgan.
Endi Adliya vazirligi va FQB Epshteyn bilan bog‘liq boshqa materiallarning «oshkor etilishi» «o‘rinli yoki asosli bo‘lmasligini» ta’kidlamoqda, deb yozdi Axios.
Moliyachi Jyeffri Epshteyn jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida odam savdosida ayblangan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirkor voyaga yetmagan qizlardan jinsiy aloqa xizmatlarini olib, ularni nufuzli shaxslarga «qarzga bergan».
Epshteynga 45 yillik qamoq jazosi tahdid solgan edi. Milliarder o‘z aybini tan olmadi. Moliyachi 2019 yil 7 iyulida qo‘lga olindi. Oradan bir oy o‘tgach, 10 avgust kuni tadbirkor Nyu-York qamoqxonasi kamerasida o‘z joniga qasd qildi.
2022 yilda moliyachining sobiq sevgilisi va yordamchisi Gisleyn Maksvell 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. U qizlarni Epshteyn bilan jinsiy aloqa qilishga ko‘ndirganlikda aybdor deb topildi.
Avvalroq, tadbirkor Ilon Mask prezident Donald Tramp bilan ommaviy munozara chog‘ida uning nomi Epshteyn ishi bilan bog‘liq hujjatlarda borligini aytdi. U ko‘p o‘tmay postni o‘chirib tashladi va «chegaradan chiqib ketgan» postlaridan afsusda ekanini aytdi.
Mavzuga oid
01:22
AQSh Ukrainaga ko‘proq qurol yetkazib berishni va’da qildi – OAV
16:15 / 06.12.2025
Mersga Kremldan "hujum": AQShning Ukraina bo‘yicha roli atrofida bahs kuchaymoqda
15:44 / 06.12.2025
AQSh YeI davlatlarini Kiyevga Rossiya aktivlari hisobidan kredit bermaslikka chaqirdi
15:10 / 06.12.2025