Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Pokiston qo‘shma Savdo-sanoat palatasi tuziladi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbariyati va yurtimiz tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning Pokistonga amaliy safari davomida bir qator iqtisodiy tadbirlar o‘tkazildi.
Mamlakat elchixonasi tashabbusi bilan Ravalpindi va Islomobod savdo-sanoat palatalari vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Pokiston biznes forumlari o‘tkazildi. Mazkur forumlar ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada chuqurlashtirish va yangi qo‘shma loyihalarga zamin yaratdi.
Ravalpindi Savdo-sanoat palatasida o‘tkazilgan biznes-forumda qishloq xo‘jaligi, terini qayta ishlash, farmatsevtika, turizm, qurilish, logistika va savdo sohalarida faoliyat yurituvchi pokistonlik tadbirkor ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida qo‘shma O‘zbekiston-Pokiston Savdo-sanoat palatasini tuzish va yil oxirigacha sohaviy delegatsiyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi.
Islomobod Savdo-sanoat palatasida bo‘lib o‘tgan biznes-forumda so‘zga chiqqan palata raisi Nasir Kureyshi ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, import o‘rnini bosuvchi hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi.
Forumlar doirasida o‘tkazilgan V2V shaklidagi uchrashuvlarda to‘qimachilik, farmatsevtika, teri va junni qayta ishlash sohalarida qo‘shma loyihalar bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, Islomobod Savdo-Sanoat palatasi a’zolaridan iborat delegatsiyaning joriy yil Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sirdaryo va Buxoro viloyatlariga biznes-missiyalarini uyushtirish to‘g‘risida ham ahdlashib olindi.
Mavzuga oid
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga ta’ziya yo‘lladi
16:46 / 24.05.2026