O‘zbekiston | 15:24 / 08.07.2025
2454
2 daqiqa o‘qiladi

Aholini guruch bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi

Sholichilik sohasida bir nechta davlatlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Foto: Depositphotos / Stephanie Frey

Vazirlar Mahkamasining «Respublika aholisini guruch mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Aholini guruch bilan uzluksiz ta’minlash uchun:

  • Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlik loyihasi doirasida sholichilik sohasidagi xalqaro mutaxassislarni jalb qilish rejalashtirilgan;
  • sholi yetishtirishda qo‘llaniladigan zamonaviy resurs tejaydigan qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlarini olib kelish va Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida sinovdan o‘tkazish ta’minlanadi;
  • 2025-2028 yillarda Jahon banki mablag‘lari hisobidan Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti va Filippindagi Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti (IRRI) o‘rtasidagi amaliy hamkorlik loyihasi doirasida markerli seleksiya usuli bilan sholining yangi suvni kam talab qiluvchi va yuqori hosilli navlari va duragaylarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi;

2025-2027 yillarda Misr bilan birgalikda suv kam talab qiluvchi, yuqori haroratga chidamli, shuningdek Nepal bilan birgalikda past haroratga bardoshli, yuqori hosilli sholi navlari yaratiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid