Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya O‘zbekistonda Usmoniylar davriga oid eksponatlarni namoyish etmoqchi
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Budapesht Tarixi muzeyi direktori, professor Laslo Chorba bilan muzokara o‘tkazdi.
Foto: "Dunyo" AA
Tomonlar muzey ishi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini, shuningdek, tarixiy-madaniy merosni o‘rganish, restavratsiya qilish va saqlash bo‘yicha tajriba almashishni muhokama qildi.
Venger tomonining O‘zbekistonda tashkil etilayotgan xalqaro madaniy tashabbuslardagi ishtiroki, shuningdek, Vengriyada o‘zaro tadbirlar o‘tkazish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Budapesht Tarixi muzeyi direktori 2025 yil avgustidan 2026 yil fevraligacha O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan "O‘zbekiston madaniy merosi – butun insoniyat merosi" xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi.
"Budapesht tarixi muzeyi fondlarida Vengriyadagi Usmoniylar davriga oid salmoqli miqdordagi eksponatlar mavjud. Agar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan qiziqish bo‘lsa, "O‘zbekiston madaniy merosi – butun insoniyat merosi" ko‘rgazmasi ekspozitsiyasida ushbu kolleksiyalarni namoyish etish masalasini ko‘rib chiqishimiz mumkin", – Laslo Chorba.
Uchrashuv yakunida, o‘zaro muloqotni davom ettirish va tomonlarni qiziqtirgan sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
13:52 / 13.03.2026
Vengriya Kiyevga inkassator mashinalarini pullarsiz qaytaradi
12:50 / 11.03.2026
Vengriyada Ukrainaning YeIga qo‘shilishiga qarshi rezolyutsiya qabul qilindi
15:46 / 10.03.2026
Fitso Kiyevga 90 mlrdni to‘sishda “estafetani qabul qilish” bilan tahdid soldi
12:41 / 09.03.2026