Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erta nikoh uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Erta nikoh uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasini tayyorlash haqida topshiriq berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev erta nikoh uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonun loyihasini tayyorlash haqida topshiriq berdi. Bu haqda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Murodbek Mahmudov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Erta nikoh uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasini tayyorlash haqida topshiriq berildi. Shu bilan birga, sog‘liqning buzilishiga sabab bo‘lgan yengil shikast yetkazish jinoyati uchun javobgarlikni qayta ko‘rib chiqish haqida ham qonun loyihasini tayyorlash topshirildi. Probatsiya hisobida turgan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari ham belgilandi», dedi Mahmudov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, erta nikoh va erta tug‘ruqlarning oldini olish choralari keskin kuchaytirish maqsadida Bosh prokuratura va Adliya vazirligi tizimlari integratsiya qilingan va erta tug‘ruqlarni yashirish holatlariga chek qo‘yilgan. Ularni darhol aniqlash va tegishli chora-tadbirlarni belgilash imkoniyati kengaytirilgan.
O‘zbekiston Oila kodeksiga ko‘ra, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun kamida 18 yosh etib belgilangan. Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.
Avvalroq, O‘zbekiston bolalar, erta va majburiy nikoh muammosiga ega davlatlar qatoriga kiritilgan edi.
Mavzuga oid
21:39 / 15.12.2025
Saida Mirziyoyeva mas’ul rahbarlar bilan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash masalalarini muhokama qildi
21:19 / 15.12.2025
Hindistonda uy bekalariga «maosh» to‘lash bo‘yicha keng ko‘lamli loyiha boshlandi
11:05 / 12.12.2025
“Yemagan somsamga pul to‘layapman” - surxondaryolik ayol tergov va suddan norozi
19:11 / 26.11.2025