Surxondaryoda tergov va sud organlarining kuçi ikki bolani voyaga yetkazayotgan yolğiz ayolga yetgan körinadi - oilaning yagona boquvçisiga qöllangan adolatsiz hukm sabab uç jon noçor ahvolga tuşib qolgan. Gap şundaki, Uzun tuman obodonlaştiriş bölimi qabriston nazoratçisining aybi uçun kadrlar böyiça mutaxassis jazolandi. Huquq himoyaçisi bu borada şunday deydi: «asl öğri-korrupsionerlarni keçirib, jamiyatdagi zaif qatlam bölgan ayollarga nisbatan bu munosabatni davlat siyosatiga sabotaj deyiş mumkin».
Uzun tumanida oddiy bir tekşiruv ortidan boşlangan jarayon boquvçisiz bir oilaning xonavayron bölişi bilan davom etyapti. Eng ajablanarlisi: bir xodim iş davrida Termizdagi diniy maktabda öqigan va buni taşkilotdan bekitgan. Javobgarlik va jazo esa kadrlar bölimi mutaxassisi — Iroda Şaripova zimmasiga yuklangan. Biz bilan boğlangan ayol öziga nisbatan çiqarilgan sud qarori oilaning şundoq ham yengil bölmagan hayotini battar boşi berk köçaga tiqqanini, buning jabrini ikki bolasi ham tortayotganini aytdi.
“2025 yil 25 oktyabr kuni Qiziriq tuman sudi tomonidan menga nisbatan JKning 167-moddasi 1-qismi, 228-moddaning 1-qismi bilan aybli deb topilib, 45-moddani qöllab 1 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaşdan mahrum qilinib, iş haqimning 20 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 9 oy axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.
Buning sababi esa Uzun tumani qabriston nazoratçisi vazifasida işlab kelgan Abubakr Hotamov ismli xodim 2022 yil sentabrdan 2025 yil apreligaça öz xizmat faoliyatida işlab turgan holda qöşimça ravişda Termiz şahridagi Imom Termiziy nomli örta maxsus kasb-hunar diniy maktabida ta’lim olib kelgan, bundan rahbariyatni xabardor qilmagan”, - deydi Iroda Şaripova.
Tumandagi obodonlaştiriş bölimida 200 ga yaqin xodim işlaydi. Aynan Hotamov işlagan hudud Irodadan 35-40 km uzoqda, uni har kuni nazorat qilişga imkon yöq va u bölim boşliqlari bergan hisobotga köra iş haqi yozgan. Işga guvoh sifatida jalb etilgan Abubakr Hotamov ham Şaripovaning aybi yöqligini aytgan.
Yomonning kuçi yapaloqqami?
Abubakr Hotamov jinoyat işiga guvoh sifatida jalb qilingan va Şaripovaning bu işlardan mutlaqo bexabar ekanligini aytgan:
“Uzun tumani Obodonlaştiriş boşqarmasida qabriston nazoratçisi lavozimida işlab, özimga biriktirilgan 11 ta qabristonlar tozaligini, ölim daftarlarini, qabriston işçilarining işga kelib-ketişlarini nazorat qilganman.

















