Jahon | 19:02 / 09.07.2025
4535
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda Jaguar qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

Samolyot bortida bo‘lgan ikkala uchuvchi ham halok bo‘lgan. Maxsus komissiya holatni tergov qilish bilan shug‘ullanadi.

Foto: AP

Hindiston Harbiy-havo kuchlariga tegishli Jaguar samolyoti o‘quv parvozi vaqtida Rajaston shtatiga qulab tushdi, deb xabar beradi Hindustan Times.

Qayd etilishicha, samolyotni boshqargan ikkala uchuvchi ham halok bo‘lgan.

Avariya bugun, 9 iyul kuni mahalliy vaqt bilan 13:25 larda yuz bergan. Samolyot dala maydoniga qulab tushgan. Uning bortida uchuvchilardan boshqa hech kim bo‘lmagan.

«Fuqarolar mulkiga zarar yetish holatlari aniqlanmadi», - deyiladi Harbiy-havo kuchlari bayonotida. Maxsus komissiya samolyot halokatini tergov qilish bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Hindistonda xuddi shu kabi qiruvchi samolyotl halokatga uchragan va uchuvchilardan biri halok bo‘lgan edi.

Фозилбек Юсупов
Tayyorlagan Фозилбек Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid