Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ish va hayot balansi eng yaxshi bo‘lgan davlatlar reytingi tuzildi
Mamlakatlar haq to‘lanadigan ta’til kunlari soni, bola tug‘ilganida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash darajasi, eng kam ish haqi, tibbiy xizmat sifati, xavfsizlik va baxt darajasi bo‘yicha baholandi.
Yangi Zelandiya / Foto: Getty images
Remote platformasi ish va hayot muvozanati eng sog‘lom bo‘lgan mamlakatlarning yangi reytingini e’lon qildi. Tadqiqot dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga ega 60 ta davlatni qamrab olgan.
Mamlakatlar haq to‘lanadigan ta’til kunlari soni, bola tug‘ilganida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash darajasi, eng kam ish haqi, tibbiy xizmat sifati, xavfsizlik va baxt darajasi bo‘yicha baholangan.
Reytingda Yangi Zelandiya birinchi o‘rinni egalladi - bu mamlakatda ishchilar yiliga 32 kunlik ta’tilga va 26 haftalik tug‘ruq ta’tiliga ega bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi o‘rinni universal sog‘liqni saqlash tizimi va eng kam ish haqi miqdori yuqori bo‘lgan Irlandiya egalladi. Uchinchi o‘rinda Yevropadagi eng kam ish haqi miqdori yuqori bo‘lgan va ishonchli ijtimoiy kafolatlarga ega Belgiya turadi.
Yuqori o‘ntalikka Germaniya, Norvegiya, Daniya, Kanada, Avstraliya, Ispaniya va Finlandiya ham kirdi. Birinchi o‘nta davlatdan yettitasi Yevropada joylashgan.
Shuningdek, reytingda Ukraina 37-o‘rinda, Rossiya 43-o‘rinda, Qozog‘iston 46-o‘rinda qayd etilgan. O‘zbekiston reytingga kiritilmagan.
Mavzuga oid
08:04 / 17.04.2026
Dunyoning eng kuchli suvosti flotlari ma’lum qilindi
07:47 / 15.04.2026
Mamlakatlarning oziq-ovqat mustaqilligi reytingi e’lon qilindi
07:33 / 08.04.2026
Reyting: 2026 yilda dunyodagi eng yirik armiyalar
07:32 / 07.04.2026