Remote platformasi iş va hayot muvozanati eng soğlom bölgan mamlakatlarning yangi reytingini e’lon qildi. Tadqiqot dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga ega 60 ta davlatni qamrab olgan.

Mamlakatlar haq tölanadigan ta’til kunlari soni, bola tuğilganida ijtimoiy qöllab-quvvatlaş darajasi, eng kam iş haqi, tibbiy xizmat sifati, xavfsizlik va baxt darajasi böyiça baholangan.

Reytingda Yangi Zelandiya birinçi örinni egalladi - bu mamlakatda işçilar yiliga 32 kunlik ta’tilga va 26 haftalik tuğruq ta’tiliga ega bölişi mumkin.

Ikkinçi örinni universal soğliqni saqlaş tizimi va eng kam iş haqi miqdori yuqori bölgan Irlandiya egalladi. Uçinçi örinda Yevropadagi eng kam iş haqi miqdori yuqori bölgan va işonçli ijtimoiy kafolatlarga ega Belgiya turadi.

Yuqori öntalikka Germaniya, Norvegiya, Daniya, Kanada, Avstraliya, Ispaniya va Finlandiya ham kirdi. Birinçi önta davlatdan yettitasi Yevropada joylaşgan.

Şuningdek, reytingda Ukraina 37-örinda, Rossiya 43-örinda, Qozoğiston 46-örinda qayd etilgan. Özbekiston reytingga kiritilmagan.