Jahon | 11:53 / 10.07.2025
1541
2 daqiqa o‘qiladi

London va Parij yadroviy tiyib turuvchi kuchlarni muvofiqlashtiradi

Makron va Starmer «Yevropa uchun har qanday haddan tashqari tahdid» yuzaga kelgan taqdirda yadroviy tiyib turish choralarini muvofiqlashtirish imkonini beruvchi deklaratsiyani imzolashni rejalashtirmoqda.

Foto: Christophe Petit Tesson/AFP/Getty Images

Buyuk Britaniya va Fransiya, agar kerak bo‘lsa, «Yevropa uchun har qanday ekstremal tahdid»ga birgalikda javob berish maqsadida yadroviy to‘siq bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish imkonini beruvchi kelishuvni imzolash niyatida. Qo‘shma deklaratsiya 10 iyul, payshanba kuni Londonda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan imzolanishi kerak.

Bitim imzolanishi haqida Yelisey saroyi va Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi e’lon qildi. Hujjatda ta’kidlanishicha, har ikki davlatning yadroviy to‘xtatuvchi vositalari milliy nazorat ostida qoladi, ammo «muvofiqlashtirilishi mumkin». 

Emmanuel Makron davlat tashrifi bilan Buyuk Britaniyaga keldi. Sammit oldidan London va Parij mudofaa munosabatlarini «yangilash» niyatida ekanini ma’lum qildi. «NATOdagi yaqin hamkor va ittifoqchilar sifatida Buyuk Britaniya va Fransiya mudofaa sohasida uzoq tarixga ega. Bugungi kelishuvlar sherikligimizni yangi bosqichga olib chiqadi», — dedi Kir Starmer.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid